Chalasavodlar haydovchi bo‘la olmaydi

Date:

Surxondaryo viloyatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, haydovchilik guvohnomasi olish jarayonini shaffof, adolatli va qulay tarzda tashkil etish maqsadida Termiz tumanida haydovchilarni tayyorlash va imtihondan o‘tkazishning zamonaviy markazi foydalanishga topshirildi.
Yangi markazning ochilishi — nafaqat fuqarolarga qulaylik yaratish, balki yo‘l harakati madaniyatini oshirish va hayotiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biridir.
Avval viloyatdagi avtomaktablarda mavjud sharoitlar yetarli emasligi sababli ularning ko‘pchiligiga litsenziya berilmagan edi. Natijada fuqarolar haydovchilik imtihonini topshirish uchun Qashqadaryo viloyatiga borishga majbur bo‘lishgan. Endilikda esa bu muammo o‘z yechimini topdi — barcha jarayonlar Surxondaryoning o‘zida, zamonaviy sharoitlarda amalga oshiriladi.
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, soha mutasaddilari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etib, markazdagi barcha jarayonlarni ko‘zdan kechirdilar. Viloyat rahbari yangi maskan ishga tushirilgani munosabati bilan tizim xodimlarini tabriklab, haydovchilarni tayyorlash jarayonida shaffoflikni ta’minlash, inson omilini chetlashtirish va bilimga asoslangan baholash tizimining ahamiyatini ta’kidladi.
Yangi markaz bir kunda nazariy jihatdan 800 nafar, amaliy jihatdan esa 400 nafar nomzoddan imtihon olish imkoniyatiga ega. Imtihonlar inson omilisiz, avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali o‘tkaziladi, bu esa adolat, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlaydi.
Umumiy maydoni 3 gektarga teng bo‘lgan avtodromda barcha toifadagi transport vositalari uchun sinov yo‘laklari, zamonaviy o‘quv xonalari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun moslashtirilgan sharoitlar va maxsus transport vositalari yaratilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalarining ko‘pchiligi yo‘l harakati qoidalarini bilmaslik, mas’uliyatsiz haydash va haydovchilik madaniyatining pastligi oqibatida sodir bo‘lmoqda. Ayrim hollarda guvohnomani rasmiy bilim va sinovsiz qo‘lga kiritish holatlari ham uchrab turadi.
Natijada chalasavod haydovchilar yo‘llarda nafaqat o‘z hayotini, balki boshqalar hayotini ham xavf ostiga qo‘ymoqda. Shu boisdan ham, yangi imtihon markazining tashkil etilishi bunday holatlarning oldini olish, bilim va amaliy ko‘nikmaga ega, mas’uliyatli haydovchilarni tayyorlash tizimini mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.
Markazda imtihonlar A, B, C, D, BE, CE va DE toifalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Har bir nomzod o‘z bilim va mahoratini real sharoitlarda sinovdan o‘tkazadi. Bu jarayon haydovchilarning mas’uliyatini oshiradi, yo‘l-transport hodisalarini kamaytiradi, shu bilan birga jamiyatda yo‘l harakati madaniyatini yuksaltiradi.
Viloyat hokimi ta’kidlaganidek, shaffof tizimda o‘tkazilayotgan har bir imtihon — bu nafaqat guvohnoma, balki bilim, mas’uliyat va inson hayotiga hurmat belgisidir.
Surxondaryoda ish boshlagan yangi haydovchilarni tayyorlash va imtihondan o‘tkazish markazi — bu odamlar uchun qulaylik, tizim uchun ishonch, jamiyat uchun xavfsizlik demakdir.
Endilikda fuqarolar boshqa viloyatlarga borib sarson bo‘lmaydi, imtihon topshirish jarayonlari esa yanada shaffof, halol va ishonchli tarzda tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Siz bahorning o‘zisiz — Ustoz

Men bahor faslini yoqtiraman. Chunki ustozim — yuragimdagi eng...

Majburiyatni bilasizmi?

Ko‘pchilik sog‘lig‘iga faqat kasallik alomatlari sezilganda, e’tibor beradi. Aslida...

“Zhongtong” — shaharning “arteriyasi”

So‘nggi yillarda Termiz shahrida jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish...

9 oyda 7,6 milliard…

Bugungi kunda raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va...
KunTun
KunTun