9 oyda 7,6 milliard…

Date:

Bugungi kunda raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini sog‘lom yo‘lga qo‘yish — jamiyat taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar nafaqat iqtisodiy muhitni barqarorlashtirishga, balki fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga joriy yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan
2 557 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 94 foizi ijobiy hal etilgan, natijada 2,3 milliard so‘mga yaqin mablag‘lar iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari foydasiga qayta hisoblandi.
Murojaatlar asosan aholining kundalik turmush bilan bevosita bog‘liq sohalarni qamrab olgan:
80 foiz — uy-joy-kommunal va transport sohasi;
13 foiz — savdo va umumiy ovqatlanish;
6 foiz — ijtimoiy yo‘nalishlar;
1 foiz — reklama va boshqa sohalarga oid.
Bu raqamlar iste’molchilarda davlat idoralariga bo‘lgan ishonch ortayotganini va fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilishda faollashganini ko‘rsatadi.
Boshqarma tomonidan nomuayyan doiradagi 100 mingdan ortiq iste’-molchi huquqlari tiklandi. Buning natijasida 5,3 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar fuqarolar foyda-siga qayta hisoblandi.
Aholining iste’mol qilinadigan mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bilan hamkorlikda 46 turdagi oziq-ovqat, ichimlik, sut va go‘sht mahsulotlari, bolalar ozuqasi hamda yonilg‘i turlari bo‘yicha nazorat xaridi amalga oshirildi.
Tekshiruvlar davomida qiymati 905 ming so‘m bo‘lgan 36 turdagi mahsulotning yaroqlilik muddati o‘tgani
aniqlandi. Qonunbu-zarlikka yo‘l qo‘ygan korxonalarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, javobgar shaxslar sudga oshirildi. Bu holat bozorda faqat sifatli va xavfsiz mahsulot sotilishi uchun muhim signal bo‘ldi.
Jamoat transporti xizmatlari ham boshqarma e’tiboridan chetda qolmadi. Tekshiruvlar natijasida ayrim tashuvchilar belgilangan yo‘lkira haqini asossiz oshirgan holatlar aniqlandi. Xususan, 364 564 nafar yo‘lovchidan jami 364,5 million so‘m ortiqcha haq olingani ma’lum bo‘ldi. Qonun-buzar korxonalarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi va iste’molchilarning huquqlari tiklandi.
Tashqi reklama bozorida ham nazorat ishlari izchil davom etmoqda. Hududiy boshqarma mutaxas-sislari tomonidan 1 900 dan ortiq reklama obyekti ko‘zdan kechi-rilib, 1 355 ta holatda qonunbuzarlik va kamchiliklar aniqlandi. Ushbu kamchiliklar joyida bartaraf etildi, qonun talablariga zid ravishda reklama joylashtirgan 30 ta korxona va jismoniy shaxsga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.
Bunday nazorat tadbirlari nafaqat qonunbuzilish holatlarining oldini oladi, balki shahar estetikasi va iste’molchi ongini sog‘lom yo‘nalishda shakllantirishga xizmat qiladi.
Iste’molchi haqi — jamiyat iftixori. Uning manfaatlarini himoya qilish esa, har bir mas’ul idoraning nafaqat vazifasi, balki fuqarolik burchidir.

D.Arbobov,
Boshqarma xodimi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, yangi...

Majolis un-naf(oyi)s

Demak, hazrat Navoiy davrida ham majlislar bo‘lgan. Shundan ruhlanib,...

Siz bahorning o‘zisiz — Ustoz

Men bahor faslini yoqtiraman. Chunki ustozim — yuragimdagi eng...

Majburiyatni bilasizmi?

Ko‘pchilik sog‘lig‘iga faqat kasallik alomatlari sezilganda, e’tibor beradi. Aslida...
KunTun
KunTun