“Taraqqiyot va yetakchilik maskani”

Date:

Surxondaryo viloyatida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi asosida tanlab olingan hududlarda bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanining “Yangihayot” va “Yetimqum” mahallalariga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahallalarda obodonlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, “Yangihayot” mahallasida yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazilib, “Yetimqum” mahallasida esa kollektorni zamonaviy drenaj tizimida yopish orqali “Turizm ko‘chasi” barpo etish loyihasi bilan tanishildi.

Viloyat hokimi loyihalarni sifatli amalga oshirish va har bir tashabbus natijasi aholining hayotida amalda sezilishi zarurligini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun