Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Date:

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlandi.

Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan tantanali bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ulug‘bek Muxamedov, nuroniylar, deputatlar hamda viloyat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Viloyat rahbari o‘z tabrigida kasaba uyushmalarining jamiyatdagi o‘rni va mehnatkashlar manfaati yo‘lidagi xizmatlarini alohida ta’kidlab, barcha ishtirokchilarni Kasaba uyushmalari kuni hamda milliy kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida fidokor faollar, nuroniylar hamda uyushma tizimidagi ilg‘or a’zolarga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” esdalik nishonlari, faxriy yorliqlar va sovg‘alar topshirildi.

Bayramona ruhdagi dasturda Surxon vohasining taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga quvonch, faxr va ilhom bag‘ishlab, tadbirni yanada fayzli va esda qolarli bayramga aylantirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun