Qulay va zamonaviy…

Date:

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda yangilash, ularni urbanizatsiyalashgan, qulay va zamonaviy hududlarga aylantirish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Bu jarayonda, avvalo, infratuzilmani rivojlantirish — ayniqsa, yo‘l tarmoqlarini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Angor va Sherobod tumanlariga olib boruvchi avtomobil yo‘llari zamonaviy standartlar asosida ta’mirlanmoqda, yo‘nalish bo‘yicha yangi ko‘priklar qurilishi ham jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun ushbu yo‘llardagi qurilish va ta’mirlash ishlari ijrosi bilan tanishdi. Tashrif davomida yo‘lbo‘yi hududlarini obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi va ayrim joylarda ishlar talab darajasida tashkil etilmagani tanqid qilindi.

Shuningdek, M-39 xalqaro avtomagistrali bo‘ylab ko‘chat ekish uchun xandaqlar tayyorlash va sug‘orish tizimlarini yo‘lga qo‘yish ishlari ham o‘rganildi. Bu yo‘nalishda ishlarni tizimli tashkil etish, ko‘chatlarni ekishda malakali mutaxassislarni jalb qilish, tuproq va iqlim sharoitlariga mos daraxt turlarini tanlash hamda optimal muddatlarda ekish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shu tarzda yo‘l atrofini yashil hududlarga aylantirish, ekotizimni yaxshilash va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Hududlardagi o‘rganishlar yakunida Muzrabot tumani markazini zamonaviy qiyofaga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqilib, bu boradagi vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun