Xususiy sektor ham dekret toʻlaydi

Date:

Endilikda xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan ayollar — sotuvchi, farrosh, go‘zallik saloni xodimlari va boshqa soha vakilalari ham davlat tomonidan dekret puli (tug‘ruq nafaqasi) bilan ta’minlanadi.

Avvalroq bu imkoniyat asosan davlat tashkilotlarida ishlovchi ayollarga berilgan bo‘lsa, yangi tartib tufayli barcha mehnatkash ayollar teng ijtimoiy himoyaga ega bo‘ladi. Senatorning ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda 133 mingga yaqin ayollarga tug‘ruq nafaqasi to‘langan, biroq ularning atigi 15 ming nafari xususiy sektordan bo‘lgan. Aslida esa har yili 150–160 mingga yaqin xususiy sektor vakilalari tug‘ruq ta’tiliga chiqadi.

Bu o‘zgarish “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonun orqali joriy etilmoqda va mamlakatda ayollar mehnat huquqlarini kengaytirish hamda ijtimoiy tenglikni ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Shu orqali minglab ayollar moliyaviy qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lib, ona va bola salomatligini asrashga xizmat qiluvchi adolatli tizim shakllanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun