“Limon sayli” – imkoniyatlar maydoni

Date:

Sariosiyo tumanidagi “Uz-Agro-Lider” MChJda Sariosiyo tuman hokimligi hamda “Turonbank” ATB hamkorligida “Limon hosili sayli” nomli ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir limonchilar, bog‘bonlar va tadbirkorlar uchun tajriba almashish, yangi bilim va imkoniyatlar eshigini ochish maqsadida tashkil etildi.

Seminarda tuman hokimi Abduqodir Donayev, “Turonbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari R. Haydarov, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari hamda viloyatning turli hududlaridan kelgan 80 nafardan ortiq limonchi fermerlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga limonchilikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari, ilmiy va innovatsion yondashuvlar, xalqaro tajribalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar, limon ko‘chatlarini parvarish qilish va eksport imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, limonni qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilishga doir yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir limonchilarga o‘zaro tajriba almashish, sohaga oid ilg‘or usullarni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash imkonini yaratdi.

Oldingi sahifaKPI asosida baholanadi
Keyingi sahifaXizmati eʼtirofda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun