Startapga 100 million dollar

Date:

Prezident qaroriga muvofiq, sun’iy intellekt sohasidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026–2027-yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSH dollari yo‘naltiriladi.

Ajratiladigan mablag‘larning yarmi beg‘araz asosda davlat organlari va tashkilotlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun sarflanadi. Qolgan 50 million dollari esa “Fondlar fondi” hamda “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalarining ustav kapitaliga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ulushi sifatida kiritiladi.

Mazkur tashabbus “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlariga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etishni jadallashtirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun