Imkoniyat eshik ochsa…

Date:

Prezidentning 85-sonli farmoni ijrosi doirasida Denov tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Zarina Toshmurodova o‘z biznesini rivojlantirish maqsadida 22 million 800 ming so‘m miqdoridagi subsidiyaga ega bo‘ldi.

U rahbarlik qilayotgan “Saodat Denov Textile” MChJ bugungi kunda 36 nafar ayolni ish bilan ta’minlab, ularning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, korxonada 16 nafar nogironligi bo‘lgan ayollar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lib, ularga psixolog va surdotarjimon xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur tashabbus Prezident farmoni bilan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholining bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini ish bilan ta’minlash borasidagi islohotlarning amaliy samarasini ko‘rsatmoqda. Denovda yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlar ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishga turtki bermoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun