Kubokka kim munosib?

Date:

Surxondaryo viloyatida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” uchun badiiy gimnastika musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa yoshlarning jismoniy tarbiya va estetik didini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda gimnastika sport turini ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.

Qizg‘in va ijobiy muhitda o‘tgan bellashuvda ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyon etib, chiroyli chiqishlari bilan hakamlar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishdi.

Natijalarga ko‘ra:

🥇 Oltinsoy tumani jamoasi — 1-o‘rin,

🥈 Qumqo‘rg‘on tumani jamoasi — 2-o‘rin,

🥉 Sariosiyo tumani jamoasi — 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar tantanali ravishda taqdirlanib, ularga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir yoshlar orasida gimnastikaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun