Ikki korxona “GlobalG.A.P.”ga ega

Date:

Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Denov Agrostar” va “Bravo Agro Sitrus” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari “GlobalG.A.P.” xalqaro sertifikatiga loyiq deb topildi. Sertifikatlarni tadbir davomida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tantanali ravishda topshirdi.

GlobalG.A.P. — bu qishloq xo‘jaligi va akvakultura sohalarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, xavfsizlik va sifatni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro standartlar tizimi bo‘lib, u 100 dan ortiq mamlakatlarda qo‘llaniladi va GFSI (Global Food Safety Initiative) tomonidan tan olingan.

Tadbirda Surxondaryoda yetishtirilayotgan mahsulotlarning sifati va eksport salohiyatini oshirish, xalqaro bozor talablari asosida ishlab chiqarishni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tashrif doirasida “Oltinsoy biznes magnat” MCHJ tomonidan 10 gektar maydonda barpo etilayotgan energiyani tejovchi limonchilik issiqxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Ayni paytda issiqxonada limon ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, yerdan samarali foydalanish maqsadida ko‘chat oralariga tomchilatib sug‘orish tizimi asosida kartoshka ekinlari ham parvarishlanmoqda.

Mazkur natija Surxondaryoda xalqaro standartlarga mos, raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun