Talabalar insho yozdi

Date:

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Ona tilim – faxrim, g‘ururim” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli, faol va zukko talabalar ishtirok etib, ona tilining jamiyatdagi o‘rni, millat hayotidagi ahamiyati, shuningdek, uni asrab-avaylash borasidagi shaxsiy qarashlarini o‘z insho va chiqishlari orqali ifoda etdilar.

Mazkur tanlov talabalarda ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, ularni adabiy nutq meyorlariga amal qilish, savodxonlik va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, davlat tilining nufuzini oshirishga hissa qo‘shishdan iboratdir.

Baholash jarayonida ishtirokchilarning til boyligidan to‘g‘ri foydalanish, mantiqiy fikrlash, badiiy ifoda vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari e’tiborga olindi.

Yakunda g‘olib va faol ishtirokchilar universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularning ijodiy izlanishlari e’tirof etildi. Bunday tanlovlar yoshlarning ona tiliga mehrini kuchaytirish, milliy g‘urur va ma’naviy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun