“KAFOLAT MABLAG‘I KIRITISH” INSTITUTI JORIY ETILDI

Date:

Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish sohasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sud qarori o‘z foydasiga qabul qilingan shaxslarning qonuniy manfaatlarini hamda sud qarorlarining so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash maqsadida sud qarorlarini ijro etish bosqichiga da’voni ta’minlash institutini joriy etish zaruriyati yuzaga keldi.

Shunga ko‘ra, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga mulkiy tusdagi sud hujjati bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan ta’minlashga, ya’ni ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish orqali amalga oshirishga oid normalar kiritildi.

Bunda ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlarni bekor qilish uchun asos bo‘lishi nazarda tutilgan. Ya’ni sud qarori o‘z foydasiga qabul qilingan shaxslarning qonuniy manfaatlarini hamda sud qarorlarining so‘zsiz ijro etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Jumladan, ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvarag‘iga ushbu majburiyatlarning to‘liq miqdorida yoki bajarilmagan qismi miqdorida pul o‘tkazish yo‘li bilan ta’minlashdan iboratdir.

Bundan davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlari mustasno.

Ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan cheklovlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Kafolat mablag‘lari davlat ijrochisining harakati qonunga xilof deb topilgan yoki qarori bekor bo‘lgan kundan e’tiboran yana yigirma kun mobaynida majburiy ijro organining depozit hisobvarag‘ida saqlanadi.

Agar ushbu muddat davomida ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati ustidan shikoyat berilmasa yoki protest keltirilmasa, ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘lariga ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda undiruv qaratiladi. Ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘lari ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish uchun qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlanadi.

Bir so‘z bilan aytganda, “kafolat mablag‘i kiritish” institutisud qarori o‘z foydasiga qabul qilingan shaxslarning huquqlarini har tomonlama himoya qilishga hizmat qiladi.

M.Mirxamidov,

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun