Elektr energiyasidan daromad

Date:

Endilikda oddiy fuqarolar ham elektr energiyasi ishlab chiqarib, davlatga sotish orqali daromad olish imkoniyatiga ega. Tomga o‘rnatilgan quyosh panellari nafaqat energiya ishlab chiqaradi, balki qo‘shimcha daromad ham keltiradi. Bu mablagʻlar davlat soliq qoʻmitasining “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank kartalariga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib berilmoqda.

Sho‘rchilik Jamshid Begmatov 5 oy oldin o‘z xonadoniga quyosh paneli o‘rnatgan va bugungi kunda bu tizimdan foyda ko‘rmoqda.

— Quyosh paneli o‘rnatdim, — deydi Jamshid Begmatov. — Bu nafaqat energiyani tejaydi, balki ortiqcha ishlab chiqarilgan energiya uchun davlat tomonidan pul ham to‘lab berilmoqda. Avvallari elektr energiyasiga ko‘p xarajat qilardik, endi esa bu xarajatlar sezilarli darajada kamaydi.

Quyosh panellari ekologik tozaligi bilan birga, aholining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutmoqda.

Oldingi sahifaTaʼmirlash yakunlandi
Keyingi sahifaKemadagi qul

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun