Yangi xususiy maktab xizmatga shay

Date:

Denov tumanida ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam tashlandi — tumandagi 76-maktabning bo‘sh turgan binosida 310 o‘rinli zamonaviy xususiy maktab foydalanishga topshirildi.
Yangi ta’lim maskani o‘quvchilar uchun qulay, xavfsiz va innovatsion muhit yaratish maqsadida zamonaviy sinf xonalari, kompyuter laboratoriyalari, fan kabinetlari, kutubxona va sport zallari bilan jihozlangan. O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interaktiv o‘qitish usullari va raqamli ta’lim platformalaridan keng foydalanish rejalashtirilgan.
Tadbir davomida maktabda yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar va o‘qituvchilarning faoliyati bilan tanishildi. Mutasaddilar ta’lim sifati, o‘quv dasturlari va boshqaruv tizimini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish, o‘quvchilarning iqtidorini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlarni joriy etish muhimligini ta’kidladilar.
Mazkur xususiy maktabning ishga tushirilishi Denov tumanidagi ta’lim infratuzilmasini kengaytirish, yoshlar uchun qo‘shimcha o‘quv imkoniyatlari yaratish va sifatli ta’lim tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oldingi sahifaMis qayta ishlanadi
Keyingi sahifaTaʼmirlash yakunlandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun