Xavfsiz hayot uchun jamoaviy mas’uliyat

Date:

1989-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, 1990–1999-yillar “Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish o‘n yilligi” deb e’lon qilingan. Shu davrdan boshlab har yili oktyabr oyining ikkinchi chorshanbasi Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni sifatida nishonlab kelinadi.

Mazkur tashabbusni yanada takomillashtirish maqsadida, BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil 17-yanvardagi qaroriga ko‘ra, har yili 13-oktabr sanasi Xalqaro halokatlar xavfini kamaytirish kuni sifatida belgilandi. Bu kun jahon miqyosida aholining ofatlar xavfidan xabardorligini oshirish, xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish hamda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish xalqaro strategiyasi, Xalqaro Fuqaro muhofazasi tashkiloti hamda Osiyo tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish markazi ushbu yo‘nalishda bevosita faoliyat olib boradi. 1998-yilda tashkil etilgan markazga bugungi kunda 25 mamlakat, jumladan, O‘zbekiston ham a’zo hisoblanadi.

Yurtimizda esa Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tizimidagi idoralar tomonidan tabiiy va texnogen ofatlarning oldini olish, aholining xavfsizlik madaniyatini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu doirada Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari, o‘rta kasb-hunar dargohlari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlar aholining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, o‘zini va boshqalarni himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, jamiyatda xavfsizlik madaniyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Latofat Jamilova,

Viloyat FVB XFXUM o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun