Qumdagi va toshdagi yozuv

Date:

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga musht tushirdi. Zarbdan chayqalib ketgan yigit bir og‘iz ham so‘z demadi, faqat qumga:
“Bugun eng yaqin do‘stim menga musht otdi” — deb yozib qo‘ydi.

Ular yo‘lda davom etdilar. Oldilaridan anhor chiqdi va ular cho‘milishni xohlashdi. Boyagi musht yegan yigit birdan dod-voy qilib cho‘ka boshladi. Biroq uni do‘sti qutqarib qoldi. U o‘ziga kelgach, bir toshga:
“Bugun meni eng yaqin do‘stim o‘limdan qutqarib qoldi” — deb yozib qo‘ydi.

Shunda musht tushirgan va do‘stini qutqargan yigit so‘radi:
– Seni ranjitganimni qumga yozganding, qutqarganimni toshga yozding. Sababi nima?

Do‘sti javob berdi:
– Bizni kimdir ranjitsa, uni qumga yozishimiz kerak. Toki shamollar tozalab, uchirib ketsin. Biroq kimdir bizga yaxshilik qiladigan bo‘lsa, uni albatta toshga o‘yishimiz kerak. Toki hech qanday shamol, hech qanday bo‘ron uni o‘chira olmasin!

Orif Tolib

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun