8 nafar yosh ish bilan band

Date:

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida yangi loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, M-39 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘li bo‘ylab zamonaviy servis va texnik xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etilmoqda. Shu maqsadda tumanning Kattaqum mahallasi hududida yangi tadbirkorlik subyekti — “Angor texko‘rik” MCHJ tantanali ravishda ishga tushirildi.

Tadbirda Angor tumani hokimi Qosim Mardonov, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Yangi korxona zamonaviy texnologiyalar asosida avtomashinalarni diagnostika qilish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek, gaz ballon uskunalarini o‘rnatish va sinovdan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatadi.

— Korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida 8 nafar yosh mutaxassis uchun yangi ish o‘rinlari yaratildi. Kelgusida xizmat turlarini kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan, — deydi “Angor texko‘rik” MCHJ direktori Bahriddin Choriyev.

Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun osh dasturxoni yozilib, yangi obyekt faoliyati barakali bo‘lishi tilab duo qilindi. Mazkur loyiha tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, aholiga qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ramazonda mehr va e’tibor

Respublika turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan Oltinsoy tumani aholisi uchun...

Toshkent–Termiz: safar 7 soatgacha qisqaradi

O‘zbekiston temir yo‘llari AJ raisi Zufar Narzullayev ma’lum qilishicha,...

Inklyuziv muhit va ijtimoiy xizmatlar — e’tibor markazida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Surxondaryo viloyatidagi...

Orzusi ushaldi

Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanidagi...
KunTun
KunTun