Nobel Laslo Krasnaxorkaiga topshirildi

Date:

2025-yil adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnaxorkaiga berildi. Nobel qo‘mitasiga ko‘ra, u mukofotga “qiyomat dahshati muhitida ham san’at kuchini ishonch bilan tasdiqlagan ijodi” uchun sazovor bo‘lgan.

Laslo Krasnaxorkai — Markaziy Yevropa adabiy an’analariga mansub, epik, absurd va falsafiy asarlari bilan tanilgan yozuvchi. U 1985-yilda mashhur bo‘lgan “Shayton tango” romani bilan adabiyot olamida tanilgan. Ushbu roman asosida rejissyor Bela Tarr tomonidan 7 soatlik film suratga olingan.

Yozuvchi asarlarida Sharq madaniyati, xususan Mo‘g‘uliston va Xitoydan ilhom olgan. U “Urush va urush”, “Qarshilik melanxoliyasi”, “Si-van-mu oramizda” kabi asarlar muallifi. 2015 yilda esa Xalqaro Buker mukofotini qo‘lga kiritgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun