Zamonaviy agrotexnologiyalar asosida

Date:

Angor tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish va ularni qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi, istiqbolli loyiha ish boshladi. “Angor-Agro Star” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan bu tashabbus nafaqat tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, balki qishloq joylarda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda zamonaviy dehqonchilik madaniyatini keng joriy etishga xizmat qilmoqda.

Korxona “Bahor” mahallasi hududida joylashgan bo‘lib, 2 gektar yer maydonida zamonaviy agrotexnologiyalar asosida karam yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Eng e’tiborli jihati shundaki, bu yerda 40 turdagi karam navi sinov tariqasida yetishtirilmoqda. Mahsulotlarning hosildorligini oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida tomchilab sug‘orish tizimi joriy etilgan.

Loyiha doirasida nafaqat mahalliy bozorni sifatli sabzavot bilan ta’minlash, balki eksport salohiyatini kengaytirish ham ko‘zda tutilgan. Korxona faoliyati orqali yetishtirilgan mahsulotlar xorijiy bozorlarga chiqarilishi, qayta ishlash yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Bu esa o‘z navbatida, tuman iqtisodiyotiga qo‘shimcha qiymat olib kiradi,

yangi ish o‘rinlari yaratadi, hududda zamonaviy agroklaster tizimi shakllanishiga zamin yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mehnat Rohat” yangi loyihani amalga oshiradi

Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati hkimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududlarning...

Loyihalari tanqidiy o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Jarqo‘rg‘on...

Navroʻz — “Yangi Oʻzbekiston”dan boshlanadi

Prezidentning 2026-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Navroʻz bayramini munosib...
KunTun
KunTun