Surxondaryolik mirishkorlar – respublikada birinchi

Date:


Bu yilgi yozning issiq va quruq ob-havo sharoitiga qaramay, Surxondaryo viloyatining fidoyi dehqonlari o‘z mehnatsevarligi va sabr-toqati bilan yurtimiz dalalarida mo‘l hosil yetishtirishda yuksak natijaga erishdilar. Quvonch bilan aytish mumkinki, Qumqo‘rg‘on va Oltinsoy tumanlari mirishkorlari joriy yilgi paxta hosili bo‘yicha shartnomaviy rejalarni 100 foizga bajarib, O‘zbekiston miqyosida peshqadam bo‘ldilar.

Aniq raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, Qumqo‘rg‘on tumanida 31 750 tonna, Oltinsoy tumanida esa 9 834 tonna paxta terilib, reja to‘liq ado etildi. Mazkur tumanlarda g‘o‘za maydonlarining o‘rtacha hosildorligi 45–47 sentnerni tashkil etayotgani bu natijaning naqadar mehnatsevarlik va fidoyilik samarasidir.Paxta yig‘im-terimi jarayonida mexanizatorlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, terimchilar va butun qishloq aholisi yelkama-yelka bo‘lib, “Oq oltin” xirmonini to‘ldirishda jonbozlik ko‘rsatdilar. Bu yutuq voha mehnatkashlarining fidoyiligi, yerga mehr va Vatanga sadoqatining amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun