Javobgarlikka tortildi

Date:

Sho‘rchi tumanida ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni asrash va fuqarolar ongini oshirish maqsadida tuman Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd davomida ikki nafar fuqaroning chiqindilarni tartibsiz tashlaganlik holati aniqlandi.

Natijada, fuqaro K.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi asosida bazaviy hisoblash miqdorida jarima qo‘llanildi. Fuqaro Z.K.ga esa MJtKning 91 prim ¹-moddasi 1-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, u ham tartibsiz chiqindi tashlagani uchun javobgarlikka tortildi.

Tabiat bizga emas, biz tabiatga moslashishimiz kerak. Shu bois, har birimiz atrof-muhitga mas’uliyat bilan yondashib, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlashga odatlanishimiz lozim. Shundagina jamiyat rivojlanadi, muhit tozalanadi, qonun ustuvor bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun