Infratuzilma, madaniyat va xalqaro tajriba uyg‘unlashsa

Date:

Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda turizm sohasi zamonaviy drayver yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Yangi ish o‘rinlarini yaratish, xizmatlar sohasini kengaytirish va turistlarni jalb etish orqali hududlar iqtisodiyotini jonlantirish mumkin. Surxondaryo viloyatida aynan shu maqsadda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Etno shaharcha” hududiga tashrif buyurib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar va rejalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida viloyat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro turizm yarmarkalaridagi ishtiroki, teatr va madaniyat muassasalarining ahvoli, tashrif buyuruvchilar sonini oshirish, sayyor teatrlashtirilgan namoyishlar tashkil etish, shuningdek, hududiy madaniyat markazlarini zamonaviy infratuzilmalar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar taqdim etildi.

Ta’kidlandiki, ushbu sohalarda hali ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjud. Uni ro‘yobga chiqarish uchun yangi tashabbuslar zarur.

Viloyat hokimi, shuningdek, Termiz shahridagi “Botanika” bog‘i va unga tutash hududda barpo etilishi rejalashtirilgan turizm ko‘chasi, mehmonxonalar hamda kottej tipidagi turar joylar qurilishi loyihalari bilan ham tanishdi. Qurilish ishlari tasdiqlangan loyihalar asosida, amaldagi shaharsozlik me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi belgilandi.

Surxondaryo viloyatida turizm, madaniyat va infratuzilma o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanmoqda. Bu nafaqat ichki turizm salohiyatini oshiradi, balki xalqaro maydonda viloyatning tanilishi, investitsion jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish esa keyingi bosqichdagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun