“Maʼrifat ulashib”

Date:

Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi maslahatchisi, taniqli shoir Salim Ashur talaba-yoshlar bilan samimiy ijodiy uchrashuv oʻtkazdi.

Tadbir davomida shoir yoshlarga oʻzining hayotiy va ijodiy tajribalari, adabiyotning inson maʼnaviyatini shakllantirishdagi oʻrni haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, bugungi zamon yoshlariga bildirayotgan ishonch va orzu-umidlarini samimiy tarzda bayon qildi.

Shoir oʻzining sheʼrlaridan namunalar oʻqib, talabalarni ilhomlantirdi. Uchrashuvda talabalar ijodiy jarayon sir-asrorlari, adabiy hayotdagi yangiliklar va dolzarb masalalar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega boʻlishdi.

Ushbu maʼrifiy tadbir yoshlarning adabiyot va sanʼatga boʻlgan qiziqishini yanada oshirdi, milliy qadriyatlarni chuqurroq anglashga, maʼnaviy dunyoqarashlarini boyitishga xizmat qildi.

Termiz davlat universiteti rahbariyati bunday uchrashuvlarni muntazam oʻtkazish yoshlar maʼnaviy-maʼrifiy hayotida katta ijobiy natija berishini taʼkidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun