Tomorqa daromad manbayi

Date:

Qay soha boʻlmasin, unga qoʻl urishdan avval muvaffaqiyatga erishgan, tajribali insonlarning faoliyati oʻrganiladi. Ana shunday insonlardan yordam va tavsiya olib turilsa, har qanday reja foydali boʻlishi aniq. Angor tumani Yuqori Tallimaron mahallasida istiqomat qilayotgan Mamatovlar oilasi aʼzolari ham ana shunday tajribali insonlar.

Ular o‘zlariga tegishli 16 sotix yer maydonidan samarali foydalanib kelmoqda. Xususan, har yili 12 sotix yerga turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, asosan bodring va pomidor ekiladi. Qolgan 4 sotix yer maydonida esa limon va mandarin kabi sitrus mevalari parvarishlanmoqda.

Ayni vaqtda esa issiqxonada bodringning “Spartak” navi ekilib, yaxshi hosil olish ishlari olib borilmoqda.— Tomorqadan olinayotgan mahsulot nafaqat oila ehtiyojini qondirmoqda, balki ortiqcha qismi bozorga chiqarilib, qo‘shimcha daromad ham keltirmoqda, — deydi Isroil Mamatov.

Tomorqadan unumli foydalanish aholi daromadini oshirish, mahalliy bozorlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash hamda bandlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun