“Yong‘indan ogohlik” — xavfsizlik kafolati

Date:

15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Termiz shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida ham bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — yoshlarni va jamoatchilikni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, ogohlantirish choralarini bilish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishdan iborat. O‘quvchi va talabalar bilan uchrashuvlarda yong‘inning oldini olish usullari, gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi amaliy ko‘rsatib berildi.

Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari tomonidan maxsus mashg‘ulotlar tashkil qilinib, talabalar uchun yong‘in sodir bo‘lgan holatda evakuatsiya qoidalari, tezkor choralar va yordam ko‘rsatish usullari namoyish etildi. Shu bilan birga, targ‘ibot materiallari tarqatilib, yong‘in xavfsizligiga oid savol-javoblar o‘tkazildi.

“Yong‘indan ogohlik” kampaniyasi aholining hushyorligini oshirish, xonadonlar va ta’lim muassasalarida yong‘in kelib chiqishining oldini olish, eng asosiysi, inson hayotini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda. Surxondaryoda olib borilayotgan bunday profilaktik tadbirlar esa yoshlarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, ularni mas’uliyatli va ogoh bo‘lishga chorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

  Zulfiya Sohibova,   

Viloyat FVB  axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun