Yo‘l xavfsizligiga hissa qo‘shayotgan korxona

Date:

Yo‘l harakati xavfsizligi har bir inson hayoti va jamiyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyatga ega. Bu jarayonda yo‘l belgilari muhim ko‘rsatkich va ogohlantirish vositasi bo‘lib, haydovchi hamda piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish kafolatini yaratadi. Shu bois yo‘l belgilarini sifatli ishlab chiqarish va aholiga yetkazib berish masalasi davlatimiz siyosatida ham ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Angor tumanidagi “Parvina Surxon” mas’uliyati cheklangan jamiyati aynan mana shu dolzarb yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda. Korxonada turli ko‘rinishdagi yo‘l belgilari ishlab chiqarilmoqda va ular hududlarda o‘rnatilib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Mazkur jamiyat faoliyati bilan yaqinda Angor tumani hokimi Qosim Mardonov tanishdi. U korxonada amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, bu kabi loyihalar nafaqat tuman, balki butun viloyat miqyosida yo‘l infratuzilmasini takomillashtirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

Hozirda “Parvina Surxon” MCHJda 3 nafar tuman fuqarosi doimiy ish bilan ta’minlangan. Hokim tashrifi davomida ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, yangi turdagi mahsulotlar tayyorlash va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shu tariqa, mazkur korxonaning faoliyati nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki jamiyat xavfsizligi va aholining farovon hayotiga xizmat qilmoqda. Yo‘l belgilarining har birini hayotiy zarurat sifatida qadrlash, ularning ishlab chiqarilishi va to‘g‘ri joylashtirilishini ta’minlash esa barchamizning umumiy manfaatimizdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun