“Shuhrat”ga eltgan yo‘l

Date:

Muzrabot tumanining chekka qishloqlaridan birida joylashgan 17-umumta’lim maktabida o‘z hayotini ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlagan fidoyi ustoz Sherbay Abdirahmanovich Bobanazarov faoliyat yuritib kelmoqda.

U 1991-yilda ilk bor darsga kirganida, maktabda texnika imkoniyatlari bugungidek rivojlangan emas edi. Shunga qaramay, yosh o‘qituvchi informatika fanini o‘quvchilarga qiziqarli tarzda tushuntirish, ularni texnologiyaga qiziqtirish uchun tinimsiz izlandi. Oradan 34 yildan ortiq vaqt o‘tdi — bugun u yuzlab, balki minglab yoshlarni zamon bilan hamnafas bo‘lishga ilhomlantirgan ustoz sifatida e’tirof etiladi.

Sherbay Bobanazarov nafaqat tajribali pedagog, balki xalqaro sertifikatlarga ega mutaxassis, zamonaviy metodikalardan samarali foydalanayotgan ustozdir. Uning mehnatsevarligi, yangilikka intilishi va fidoyiligi tufayli joriy yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bu mukofot nafaqat o‘zining, balki butun maktab jamoasi va o‘quvchilari uchun g‘urur timsoliga aylandi.

Bugun ustozning sa’y-harakatlari munosib qadrlanmoqda — uning maoshi 1000 AQSH dollariga tenglashtirildi. Bu esa o‘z kasbiga mehr qo‘yib, fidoyilik bilan mehnat qilgan har bir o‘qituvchining jamiyatda yuqori qadrlanishidan dalolatdir. Sherbay Bobanazarovning hayotiy yo‘li shuni ko‘rsatadiki, chin dildan qilinadigan mehnat va sabr-bardosh nafaqat shaxsiy yutuqlarga, balki butun jamiyatning taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Oldingi sahifaG‘alla ekish start oldi
Keyingi sahifaAtletimiz gʻolib

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun