“Jasorat sinfi” – vatanparvarlik va mardlik maktabi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida yoshlarni Vatanga sadoqat va mardlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan muhim tashabbus – “Jasorat sinflari” joriy etilmoqda. Shu munosabat bilan 70-sonli umumta’lim maktabida “Jasorat sinfi” o‘quvchilarining tantanali “Va’da berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan qilingan tantanali va’dalar, ularning ota-onalari va ustozlari guvohligida bildirilgani tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.

Tadbir davomida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, eng asosiysi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari alohida ta’kidlandi. O‘quvchilarning “O‘zbekiston xalqiga va Prezidentimizga sadoqatli, bilimli va mard farzand bo‘lamiz” degan va’dalari esa barchaga g‘urur va faxr bag‘ishladi.

“Jasorat sinflari”ning ochilishi — kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning nafaqat bilimli, balki Vatan manfaatini har narsadan ustun qo‘yadigan yetuk inson bo‘lib voyaga yetishida muhim qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun