Innovatsion fikrlash muhim

Date:

Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talabalar o‘rtasida robototexnika bo‘yicha qiziqarli va mazmunli musobaqa bo‘lib o‘tdi. Tadbir yuqori darajada tashkillashtirilgan bo‘lib, unda nafaqat talabalar bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, balki ularda ijodkorlik va innovatsion fikrlashni qo‘llab-quvvatlash maqsadi ko‘zda tutilgan edi.

Musobaqani samarali o‘tkazish uchun oldindan qatnashchilar ro‘yxati shakllantirildi, zarur texnik vositalar va shart-sharoitlar yaratildi. Jarayon belgilangan reja asosida olib borildi va unda har bir ishtirokchi o‘zining intellektual salohiyati hamda texnik bilimlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bellashuv yakunida eng yaxshi natijaga erishgan jamoa va talabalar g‘olib deb topildi. Ular esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi. Tadbir qatnashchilarga katta motivatsiya bag‘ishlab, kelgusida ham zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish va innovatsion loyihalar ustida ishlashga undadi.

Mazkur musobaqa nafaqat talabalarning amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, balki ularda jamoaviy ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish, yangi g‘oyalarni ilgari surish va texnologik jarayonlarga qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun