G‘alla ekish start oldi

Date:

Angor tumanida 2026-yil hosili uchun g‘alla ekish ishlari boshlab yuborildi. Umumiy hisobda 6 ming gektar yer maydoniga g‘alla ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, dastlabki urug‘ sepish ishlari tumanning Zang hududida 20 gektar maydonda amalga oshirildi.

Mutasaddilar ta’kidlaganidek, ekin jarayonlari zamonaviy agrotexnik usullar asosida tashkil etilmoqda. Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida tuproq unumdorligini oshirish, sifatli urug‘lardan foydalanish va zaruriy texnikalarni safarbar etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Angor dehqonlari oldida muhim vazifa turibdi: qisqa muddatlarda barcha belgilangan maydonlarda ekin ishlarini yakunlash va keyingi bosqichlarda hosildorlikni ta’minlash. Shu orqali tuman aholisi ham, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi ham mustahkamlanishiga hissa qo‘shiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun