“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi viloyat hududiy sho‘basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati va Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorligida Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan ruxsatnomasiz foydalanishning oldini olish maqsadida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Unda 2025-yil boshidan hozirgi kunga qadar Surxondaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 35 ta (2 dona “BAOFENG BF-9700” rusumli, 2 ta “SAMCOM CP-510” rusumli, 5 ta “BAOFENG BF-666S” rusumli, 2 ta “BAOFENG BF-777S rusumli, 2 ta “BAOFENG BF-888S rusumli va 19 dona “BAOFENG BF-999S” rusumli radioelektron vositalaridan belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan noqonuniy foydalanayotganlik holatlari aniqlandi. O‘zbekitson Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 152-moddasi 1-qismiga asosan huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar va tuman sudlariga yuborildi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarni “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-son Qarorida belgilangan tartibda radioelektron vositalarni xorijiy davlatlardan olib kirish, sotib olish va (yoki) o‘rnatish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanishdagi belgilangan talablarga rioya qilish shart ekanligi to‘g‘risida ogohlantiramiz”.
A.Xamrayev,
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining viloyat hududiy sho‘basi bosh mutaxassisi