“Drayver” loyihalar amalga oshirilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida daryo, ko‘l va suv omborlari bo‘yidagi bo‘sh maydonlarda turizm majmualari va komplekslar barpo etilmoqda. Xususan, Termiz tumanidagi “Uchqizil” suv ombori hududida 2 kilometr uzunlikda “Yoshlar va turizm” ko‘chasi hamda zamonaviy ekoturizm majmuasi qurilishi ishlari davom etmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm yo‘nalishidagi loyihalar ijrosini o‘rganish ishlarini Termiz tumanida davom ettirib, ushbu loyiha qurilishi bilan tanishdi. Hozirgi vaqtda yer ishlari olib borilayotgan bo‘lib, tabiiy ekotizimga zarar yetkazmagan holda yo‘l ochilmoqda. Kelgusida ochilgan maydon bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, ko‘ngilochar maskanlar, umumiy ovqatlanish joylari, saylgoh va plyaj barpo etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tumandagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududda “Texnopark” qurilishi uchun maydon hozirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga yer ishlarini sifatli olib borish, maydonni mustahkamlash va qurilishni boshlash vazifalari topshirildi.

O‘rganishlar yakunida Termiz shahridagi “Jo‘yjangal” mahallasi orqali oqib o‘tuvchi kanalni rekonstruksiya qilish hamda qirg‘oqbo‘yi hududlarini obodonlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu yerda “Zarbdor” tajribasi asosida aholining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “drayver” loyihalarni amalga oshirish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari hamda saylgohlar barpo etish yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, tegishli vazifalar belgilandi.

Oldingi sahifa15 hafta Pekinda
Keyingi sahifaSaxiy duradgor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun