Yangi imkoniyatlar davri boshlandi

Date:

2025-yil 23-avgustda qabul qilingan Prezidentning PF-138-son Farmoni kelgusi yillarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va turizm sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Farmonga ko‘ra, 2026–2027-yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun zarur moliyaviy va infratuzilmaviy sharoitlarni yaratishga 270 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-maydan boshlab kredit ajratishda tadbirkorlarning to‘lov qobiliyatini baholash uchun davlat organlari va xususiy sektor ma’lumotlari asosida muqobil skoring tizimi joriy qilinadi. Tashqi savdo operatsiyalarida muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun davlat ulushisiz xo‘jalik subyektlariga nisbatan jarimalar qo‘llash va undirishga 2027-yil 1-yanvargacha moratoriy e’lon qilindi.

Farmon turizm sohasida ham yangi bosqichni boshlab bermoqda. Xususan, 2026–2028-yillarda joylashtirish vositalarini tashkil etish uchun 5 ming gektar yer uchastkalari elektron auksionga chiqariladi;

tijorat banklari tadbirkorlarga 7 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratadi;

turistik yig‘im bekor qilinadi;oilaviy mehmon uylarida turistlar soni bo‘yicha belgilangan chegara ikki baravar oshiriladi;

yangi mehmonxona qurish va jihozlash xarajatlari qisman Davlat budjetidan qoplanadi.

Bundan tashqari, davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytirildi, ijara to‘lovlari esa hududlardagi minimal bozor narxidan kelib chiqib belgilanadi. QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlar uchun rag‘batlantirish mexanizmlari ham joriy qilinadi.

Prezident farmoni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, soliq va ijara tizimini soddalashtirish, shuningdek turizmni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

B.Karimov,

Bosh prokuratura boshqarma prokurori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun