TDMAUda tropik mevalar yetishtirilmoqda

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida tropik mevalar yetishtirish bo‘yicha yangi bosqich boshlandi. Universitet rektori, professor Rasul To‘rayev hudud va binolarni ko‘zdan kechirib, amalga oshirilayotgan ishlarga baho berdi.Issiqxonada banan parvarishi bilan tanishar ekan, u bu tajribani yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Endilikda yana 9 ta issiqxona qurilib, banan, kivi va papaya kabi tropik mevalar yetishtiriladi.

— Talabalarimiz amaliy jarayonda banan, kivi va papaya yetishtirishni o‘rganar ekan, uni uyida ham tatbiq qiladi. Demak, har bir mahallada tropik mevalar o‘sadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi va import kamayadi, — dedi Rasul To‘rayev.

Bundan tashqari, yangi yotoqxona va oshxona qurilishi uchun mo‘ljallangan joylar ko‘zdan kechirildi. Binolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, laboratoriyalarni zamonaviylashtirish hamda bo‘sh hududlardan samarali foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Rektor talabalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning taklif va fikrlarini tingladi. Tropik mevalar yetishtirish loyihasi nafaqat ilmiy-amaliy jarayonni mustahkamlaydi, balki talabalar uchun yangi bilim, qulay sharoit va kelajakda ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun