Surxondaryoda yangi ufqlar ochilmoqda

Date:

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Siyosiy, iqtisodiy, madaniy va savdo sohalaridagi yaqinlik nafaqat davlatlar miqyosida, balki hududlar, ishbilarmon doiralar va turli tashkilotlar o‘rtasidagi amaliy sheriklikni ham sezilarli darajada kengaytirmoqda.

Shu jarayonning yorqin ifodasi sifatida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Pokiston Islom Respublikasi Sanoat va ishlab chiqarish vaziri o‘rinbosari Saif Anju boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqot davomida ikki tomonlama aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish masalalari muhokama qilindi. Xususan, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, o‘zaro savdo hajmlarini kengaytirish, shuningdek, sport anjomlari ishlab chiqarish va to‘qimachilik sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhimi, tomonlar Surxondaryo viloyati bilan doimiy muloqot mexanizmini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Yaqin kunlarda esa ikki mamlakat vakillari ishtirokida videomuloqot tashkil etilib, amaliy tashabbuslarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv chog‘ida Termiz xalqaro savdo markazining imkoniyatlari ham alohida e’tirof etildi. Pokistonlik hamkorlar mazkur tajribani chuqur o‘rganishga va o‘z amaliyotida qo‘llashga katta qiziqish bildirishdi. Bu esa kelgusida ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochib berishi shubhasiz.

Bugungi muloqot Surxondaryoning xalqaro maydondagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganini, O‘zbekiston va Pokiston do‘stligi esa yangi ufqlarga yuz tutayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun