Yig‘im-terim yuqori saviyada tashkil etilmoqda

Date:

Paxta — yurtimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadigan strategik mahsulot. Uning o‘z vaqtida va sifatli terib olinishi nafaqat fermerlarning daromadi, balki mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois Surxondaryo viloyatida paxta hosilini qisqa muddatda, sifatli va yo‘qotishlarsiz yig‘ib olish uchun zarur tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, fermer xo‘jaliklariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda, terimchilar uchun dalalarda issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bo‘lib, paxta yig‘im-terimi jarayonlari hamda belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Tashrif davomida dalalarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi, terimchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. Mas’ullar tomonidan hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish, yuqori sifatli navlarda topshirish orqali fermerlar va oilaviy pudratchilarning daromadini oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, faol terimchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun