Ochiq muloqot – muammolarga joyida yechim

Date:

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning muammo va takliflarini bevosita eshitish, mavjud to‘siqlarga joyida yechim topish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, viloyat rahbariyati tomonidan muntazam o‘tkazilayotgan ochiq va ochiqchasiga muloqotlar bu yo‘ldagi muhim qadam bo‘lmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonferensaloqa shaklida shahar va tumanlar studiyalari orqali tadbirkorlar bilan navbatdagi onlayn ochiq qabulini o‘tkazdi. Ushbu qabul Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilib, tadbirkorlar bilan bevosita, samimiy va natijaga yo‘naltirilgan muloqot tarzida o‘tdi.

Qabul davomida jami 41 nafar tadbirkorning 45 ta masaladagi murojaati tinglandi. Ulardan 14 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Yechim topish uchun qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan 31 ta murojaat esa tegishli mutasaddilarga yo‘naltirilib, viloyat shtabi tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Tadbirkorlar qabuli yakunlangach, viloyat rahbari ayrim masalalarni joyiga chiqib o‘rgandi. Natijada qator muammolar shu yerning o‘zida hal etildi, ijrosi vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun