Kelajakka sogʻlom qadam

Date:

Bandixon tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish hamda ularni faol va ongli hayot sari yo‘naltirish maqsadida katta sport tadbiri – yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu marafon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-sonli Farmonida ilgari surilgan “Ulkan maqsadlar, samarali mehnat, oqilana turmush” g‘oyasini hayotga tatbiq etish doirasida tashkil etildi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar va otaliqqa olingan yoshlar ishtirokidagi marafon Bandixon tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman IIB hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni sog‘lom hayotga o‘rgatish, sportni doimiy odatga aylantirish va ularni zararli illatlardan yiroq yurishga undashdan iborat bo‘ldi. Marafon doirasida ishtirokchilar irodasi, jismoniy tayyorgarligi va ruhiy tetikligi bo‘yicha sinovdan o‘tdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida Nurmuhammad Azimov (Gulbog‘ mahallasi), qiz bolalar o‘rtasida Mehribonu Xo‘jamshukurova (Xo‘jaipok mahallasi)lar 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

G‘oliblar nafaqat sport maydonida, balki hayotda ham yetakchi bo‘lishga intilayotgan yoshlarga o‘rnak bo‘lishga haqlidir. Ularning yutug‘i – mehnat, iroda va qat’iyat mevasi bo‘lib, boshqa tengdoshlariga ham kuchli motivatsiya beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun