Manzilli ishlash mexanizmlari joriy etiladi

Date:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–253-son, 18.08.2025 y.) qabul qilindi.

Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi, jumladan:

– kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni sun’iy intellektda ishlovchi maxsus dasturiy ta’minotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olish;

– joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qo‘riqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qo‘riqlash qamrovini esa 60 foizga yetkazish.

Shuningdek, ichki ishlar organlarida yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi hamda bakalavriat dasturi bo‘yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Mahallalarda alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlar hamda manzilli choralar bilan ilmiy-amaliy yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va xavfsiz muhitni yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Konsepsiyaga ko‘ra, tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig‘i va prokurorning xizmat xonasi 2025 yil yakunigacha bevosita mahallada tashkil etilib, kundalik ishining boshlanishi va yakuni aynan o‘sha yerda amalga oshiriladi. Mahallalarda bosqichma-bosqich mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ijtimoiy profilaktika obyektlari, ayniqsa, oila-turmush doirasida huquqbuzarliklar sodir etuvchi shaxslarning (janjalkash va nizoli oilalar) holidan majburiy ravishda kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasida “mahalla yettiligi” tomonidan fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boruvchi “mahalla targ‘ibotchisi” jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi.

Mahalladagi jamoat joylari, ko‘p qavatli turarjoy va uylar oldida “tashvish” tugmalari o‘rnatiladi.

I.Abrayev,

Viloyat sudining jinoyat ishlari buyicha sudyasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi vosita alkogolizmni davolaydi

O‘zbekistonda surunkali alkogolizmga qarshi farmakologik vosita davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib,...

Tabiatni asrash insoniylik burchimizdir

Har birimiz uchun tabiat – hayot manbayi hisoblanadi. Biz...

Manzilli ishlash mexanizmlari joriy etiladi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini...

Bellashuv qizg‘in kechdi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda "Zakovat intellektual klubi"...
KunTun
KunTun