Bellashuv qizg‘in kechdi

Date:

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda “Zakovat intellektual klubi” hamkorligida viloyat imom-xatib va imom-noiblaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat bosh imom-xatibi R.Abdullauyev, viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyat mudiri R.Choriyev, shahar va tuman imom-xatiblari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Bellashuvda viloyatning 15 ta hududidan 10 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra bellashuvda Jarqo‘rg‘on tumani imom-xatib va imom-noiblaridan tashkil topgan “Sulton Saodat” jamoasi g‘olib deb topildi. G‘olib jamoa a’zolari O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...
KunTun
KunTun