Hamkasblarim xatosi

Date:

“Dada, siz muharrir bo‘lib ishlaysiz-a?!”, – so‘rab qoldi to‘ng‘ich o‘g‘lim.

“Ha, muharrir bo‘lib ishlayman”, – dedim-u, ishimni qilaverdim.

“Biz o‘qiydigan darsliklarniyam muharrirlar o‘qiydimi?”, – so‘radi sal iymanib.

Ishimdan boshimni ko‘tardim. Miyamga oxirgi paytda ko‘pchilik darsliklarda aniqlanayotgan qo‘pol xatolar, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalari kelib, o‘g‘limga nima javob berishni o‘ylay boshladim.

“Ha o‘g‘lim, ularniyam muharrir o‘qiydi”, – dedim, bir yutinib qo‘yib. – “Agar qiziqsang, kitobni oxirida muharrir, musahhih, tuzuvchilar, kim chop etganligi haqida yozilgan”.

“Xo‘p, dada” – deya o‘g‘lim xonasiga kirib ketdi.

Ishimni davom ettira olmadim. Bitta nuqtaga qarab, chuvalashgan o‘ylarimni tartibga keltirishga harakat qildim.

Birpasdan bolalarni xonasidan o‘rtancha o‘g‘limning “Ana ko‘rdizmi, buni dadam o‘qimaganlar”, – degan ovozi eshitildi.

Eh, hamkasblarim!

Qutlug‘ Murod

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun