77 ta mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Date:

Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga oid qaroriga asosan Surxondaryo viloyatida 77 ta og‘ir toifadagi mahalla tanlab olinib, infratuzilma va aholi turmush sharoitlarini yaxshilari tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qiziriq tumanidagi Takiya mahallasida dasturga asosan yangi transformator punkti, 83 dona temir beton ustunlar o‘rnatilib 2,4 kilometr tarmoq tortildi, hududdagi 4 kilomeyr ichki xo‘jalik yo‘llari asfaltlandi, yana 2,5 kilometr yo‘lni yil yakuniga qadar asfaltlash rejalashtirilgan. Shuningdek, 3 kilometrdan ortiq yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortilishi natijasida 170 ta xonadonda yashovchi 680 nafar aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi hamda hududda 4 ta joyda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 160 ta xonadonda yashovchi 640 nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

Bundan tashqari mahallaning asosiy ko‘chasi Namunali ko‘chaga aylantirilib, infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun voish usulida uzum yetishtirish uchun sharoitlar yaratildi. Kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy ko‘llab-quvvatlanib, ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrifi davomida ushbu mahallada amalga oshirilgan ishlar ijrosini o‘rgandi, mahalla nuroniylari va faollari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, mahallada aholining tadbirkorlik loyihalari bilan ham tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun