Ta’lim-tarbiya jarayonlari e’tibor markazida

Date:

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Sariosiyo tumanidagi maktablarda bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonlarini yaqindan o‘rgandi. Tashrif davomida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, sinfxonalarning qulayligi va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Darsliklar bilan ta’minlanganlik, ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi, o‘quvchilar orasida odob-axloq qoidalariga amal qilinishi tahlil qilindi. Maktablarning bo‘sh turgan yer maydonlaridan unumli foydalanish masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi.

Shuningdek, bolajonlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning kelajakdagi orzu-intilishlariga quloq tutildi. O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari bilan ham uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun