Eksport samarali yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining meva-sabzavot va boshqa mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, eksport hajmini oshirish qishloq xo‘jaligi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda Sherobod tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida sohaga oid seminar-trening tashkil etildi. Unda tadbirkorlar ishtirokida mahsulot yetishtirish, saqlash va eksport qilish jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi kooperativlari faoliyati, mahsulotlarni yig‘ish, saqlash va eksportga tayyorlash, suv tanqis hududlarda quduq qazish tajribalari, bog‘dorchilikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari tadbirkorlarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Seminar doirasida “Rasulov Toji” MCHJ tomonidan qiymati 1 million AQSH dollari bo‘lgan agrologistika markazi qurilishiga ham tamal toshi qo‘yildi. Mazkur loyiha kelgusida mahsulotlarni saqlash, qadoqlash va eksport qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun