Yangi majmua — yangi qulaylik

Date:

Angor tumani o‘zining qulay joylashuvi, viloyat markaziga yaqinligi va transport yo‘llari bilan boshqa hududlarga bog‘lanishi tufayli savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Ana shunday salohiyatdan kelib chiqib, tumanda yirik loyiha amalga oshirildi. “Angor Index” MCHJ tomonidan 174 milliard so‘mlik investitsiya evaziga zamonaviy savdo majmuasi barpo etildi.

Ushbu kompleks 704 ta savdo do‘koni, omborxona va ishlab chiqarish maydonlari, qurilish hamda hunarmandchilik mahsulotlari uchun sexlar, 850 o‘rinli avtoturargohni o‘z ichiga oladi. Bu esa nafaqat hudud aholisi, balki butun viloyat savdo infratuzilmasi uchun qulaylik yaratadi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yangi majmuada bo‘lib, tadbirkorlar va mas’ullar bilan uchrashdi. Suhbat davomida yangi ish o‘rinlari yaratish, savdo va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, majmuani to‘liq quvvatda ishga tushirish, tadbirkorlarni jalb qilish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun