Terim uyushqoqlik bilan tashkil etilgan

Date:

Viloyatimiz mirishkorlari 2025-yil hosili uchun 62 ming 850 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlashdi. Hosil esa mo‘l. Hududlarda esa paxta yig‘im-terimi boshlab yuborilgan. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor va Muzrabot tumanlaridagi paxta dalalariga tashrif buyurib, terim jarayonlari hamda terimchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Terimchilar bilan suhbatlashib, ularning samarali mehnatini rag‘batlantirish maqsadida sovg‘alar topshirdi.

Viloyat rahbari terim jarayonlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, terimchilar uchun dalalarda issiq ovqat, toza ichimlik suvi, dam olish maskanlari va zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish uchun viloyatda 1 277 ta terim otryadi tashkil etilgan bo‘lib, ular ixtiyoriga 1 010 ta tashish traktori va 1 965 ta tirkama biriktirilgan. Shuningdek, terim ishlarini tez va samarali yakunlash maqsadida 60 ta yangi paxta terish mashinasi sotib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

12 ta sessiya o‘tkazildi

Viloyat Kasaba uyushmasi binosida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining...

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...
KunTun
KunTun