Migratsiya: xavfsiz va ishonchli

Date:

Bugungi kunda ko‘plab yoshlarimiz chet elga o‘qish yoki ishlash maqsadida chiqmoqda. Ammo ular o‘zining huquq va majburiyatlarini to‘liq bilmasligi, ba’zida turli muammolarga sabab bo‘ladi.

Ana shunday muammolarning oldini olish va yoshlarni xabardor qilish maqsadida mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Ular xavfsiz migratsiya, moliyaviy savodxonlik hamda odam savdosining oldini olish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Tadbir Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi va Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) hamkorligida o‘tkazildi. Shuningdek, seminarda xalqaro ekspertlar, xususiy bandlik agentliklari va Migratsiya agentligi vakillari ishtirok etib, yetakchilarga o‘z tajriba va bilimlarini ulashdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun