“FM WORLD 4MZ-4” terimga shay

Date:

Paxta yigʻim-terimiga ham oz qoldi. Dalalarda esa qizgʻin tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Paxta qabul maskanlari ham mavsumga shay.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi paxta qabul qilish maskanida Xitoydan olib kelingan zamonaviy FM WORLD 4MZ-4 rusumli paxta terish mashinalari bilan tanishdi. Shuningdek, klaster va fermer xo‘jaliklari bilan mavsumiy vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Tuman rahbariyati va mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar yuzasidan axborot berildi.

Viloyat rahbari paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish, terim oldi agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, “Nurmuhammad Maftuna” fermer xo‘jaligida hosildorlik va tayyorgarlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Tashrif davomida hokim Angor tumanidagi “Navshahar” kanali rekonstruksiyasi jarayonlari bilan tanishdi. Ishlarni jadallashtirish va loyihani belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun