Qulay va xavfsiz

Date:

Yoʻl infratuzilmasini yaxshilash aholi uchun katta qulaylik yaratib, xavfsizlikni taʼminlaydi. Prezidentimiz raisligida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmani takomillashtirish va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ham ayni maqsadga yoʻnaltirildi. Ushbu vazifalar ijrosi viloyatimizda ham izchil amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur vazifalar doirasida Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi temiryo‘l va avtomobil yo‘llari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Mazkur loyiha harakat xavfsizligini ta’minlash va hududdagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan. Mutasaddilarga loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini puxta ishlab chiqish, zarur taklif va hisob-kitoblarni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, hokim Sho‘rchi tumanida joriy yil 4-avgust kuni yong‘in sodir bo‘lgan “Asl diyor” savdo kompleksida hodisa oqibatlarini bartaraf etish va obyektni qayta rekonstruksiya qilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Jarayonlarda yong‘in xavfsizligi va texnik me’yorlarga qat’iy rioya etilishi masalalari alohida o‘rganildi.

Mutasaddilar viloyatdagi yirik bozor va savdo maskanlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, topshiriq asosida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar haqida axborot berdilar.

Shu bilan birga, savdo kompleksida faoliyat yuritgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning muammolarini hal etish, ko‘mak ko‘rsatish va zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun